Jahon | 21:23 / 31.08.2015
3316
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda o‘quvchi internetda terrorchilikni targ‘ib qilgani uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi

AQShning Virjiniya shtatida 17 yoshli maktab o‘quvchisi jinoiy til biriktirish va internetda terrorchilikning targ‘iboti uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Ali Shukri Amin ismli ushbu o‘smirga o‘z blogi va tvitterda shifrlash usullari va bitcoin kriptovalyutasidan foydalanish haqidagi maqolalari bilan terrorchilik guruhlariga ko‘mak ko‘rsatgani uchun ayblov qo‘yildi.

Amin, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan terrorchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun foydalangan. Qoralov fikricha, unga chiqarilgan hukm ta'sirchan odamlarning ongiga ta'sir qiluvchi targ‘ibot tarqalishining oldini olishga yordam berishi kerak. Ayni paytda o‘smir terrorchilik bo‘yicha ayblov qo‘yilgan eng yosh ayblanuvchi hisoblanadi.