Iqtisodiyot | 16:41 / 31.08.2015
2028
1 daqiqa o‘qiladi

Indian Oil Eronda 3 mlrd dollarlik neft zavodini quradi

Indian Oil korporatsiyasi Eron hududida neftni qayta ishlovchi zavod qurmoqchi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi.

Loyiha qiymati 3 mlrd dollarga baholanmoqda. Eron hukumati zavodga yiliga 1 mln tonna arzon tabiiy gaz yetkazib berilishini va'da qilmoqda.

Hindiston korporatsiyasi Eronda Xitoyning energetik kompaniyalari, shuningdek, Royal Dutch Shell, Total singari xalqaro korporatsiyalar bilan raqobatga kirishadi.
Indian Oil yaqin yillarda biznesini kengaytirishga 4.5 mlrd dollar sarflamoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish