Jahon | 15:48 / 31.08.2015
8072
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyevda namoyishchilar Rada binosini shturm qilishni boshlashdi

Ukraina poytaxti Kiyev shahrida namoyishchilar parlament binosini shturm qilishni boshlashdi. Bu haqda UNIAN nashri xabar bergan.

Ayni vaqtda militsiya namoyishchilarni tarqatishga urinmoqda.

Biroz oldinroq, Ukraina Radasi birinchi o‘qishda mamlakat konstitutsiyasidagi desentralizatsiya haqidagi moddani o‘zgartirish haqida qaror qabul qilgandi. Shundan so‘ng radikal deputatlar bunga keskin norozilik bildirishni boshlashgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish