Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 19:09 / 31.08.2015
7939
1 daqiqa o‘qiladi
Mustaqillikning 24 yilligiga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbiri boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan asosiy bayram tadbiri boshlandi.
“Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan asosiy bayram tadbirini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.
Bayram tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, ishtirok etmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish