Jamiyat | 17:12 / 31.08.2015
4479
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Yaponiyaning II Jahon urushidagi kapitulyatsiyasi haqidagi hujjatlar oshkor qilinadi
Rossiya tarix jamiyati o‘z saytida Yaponiyaning II Jahon urushidagi kapitulyatsiyasi haqidagi bir qancha hujjatlarni joylashtiradi. Bu haqda Rossiya Dumasi spikeri, jamiyat rahbari Sergey Narishkin ma'lumot berdi.
“Bugun Rossiya tarix jamiyati saytida Yaponiyaning II Jahon urushidagi kapitulyatsiyasi haqidagi bir qancha hujjatlarni joylashtiramiz”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Aytilishicha, bu hujjatlar Rossiya tashqi siyosiy arxividan olinadi, ular ittifoqchilarning “Yaponiya masalasi”ni qanday hal qilganini ko‘rsatib beradi.