Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik erkak derazadan tushib ketgan bolani shvabra bilan qutqarib qoldi
Xitoyning Shandun viloyatida istiqomat qiluvchi erkak 4-qavat derazasidan tushib ketgan bolani 20 daqiqa davomida shvabra bilan ushlab turdi. Bu haqda Britaniyaning Sky News telekanali xabar berdi.
Van Baopin ismli erkak ko‘chadan o‘tib ketayotib bolaning chinqirig‘ini eshitgan. U qizaloq deraza panjarasiga ilinib qolganini, boshi esa shu panjara orasiga kirib qolganini ko‘rib, uyga kirgan. Qo‘liga shvabrani olib, 3-qavat karniziga chiqqan va ota-onasi qizni uyga tortib olguniga qadar uni shvabra bilan ushlab turgan.
Qizaloq juda qo‘rqib ketgan bo‘lsa ham, unga tan jarohati yetmagan.