Iqtisodiyot | 15:25 / 31.08.2015
2143
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning CNPC korporatsiyasi Qozog‘istonda quvur ishlab chiqaruvchi zavod quradi

Xitoyning CNPC milliy neft-gaz kompaniyasi Qozog‘iston hududida quvur ishlab chiqaruvchi zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TASS agentligi korporatsiya direktorlar kengashi rahbari Van Ilinning so‘zlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Loyihaning umumiy qiymati 150 mln dollarga baholanmoqda. Zavod Olma-Ota industrial parki hududida qad ko‘taradi.

Shuningdek, CNPC Qozog‘iston poytaxtida oliy xoreografiya maktabini qurishga ko‘maklashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish