Texnologiya | 16:37 / 31.08.2015
2244
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada puls o‘lchaydigan futbolka yaratildi

Yaponiyaning Toyobo kompaniyasi insonning pulslarini o‘lchaydigan va boshqa fiziologik ko‘rsatkichlarni tekshiradigan material ishlab chiqdi. Bu haqda mahalliy matbuot orqali xabar qilindi.

“Kokomi” nomini olgan material tashqi tomondan audioplyonkaga o‘xshaydi. U futbolkaning ichki qismiga joylashib, terining impulslarini qabul qiladi. Kiyimga joylashtiradigan datchik esa axborotni smartfon yoki boshqa uskunaga uzatadi.
Kompaniya rasmiylarining ma'lum qilishicha, ushbu innovatsion material yordamida yurak pulsi, nafas olish chastotasi va boshqa ma'lumotlarni kuzatib borish mumkin. Uni sport va sog‘liqni tiklash tibbiyotida qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish