Sport | 17:36 / 01.09.2015
2477
1 daqiqa o‘qiladi

David De Xea yana bir mavsum davomida «Manchester Yunayted»da qoladigan bo‘ldi

"Manchester Yunayted” jamoasining ispaniyalik darvozaboni David de Xeaning “Real” jamoasiga transferi bo‘yicha yuzaga kelgan mojaroli vaziyatga nuqta qo‘yildi.

Unga ko‘ra, de Xea "Manchester Yunayted"da qoladi.

“Real” yozgi transfer mavsumi yakunlanishidan bir daqiqa ilgari De Xeaning transferini tasdiqlovchi hujjatlarni La Liga rahbariyatiga yuborganini isbotlash fikridan qaytgan. Bu haqida Ispaniya va Angliyadagi Sky Sports, Marca kabi nashrlar UYeFAga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Shu tariqa, de Xea 2015/16 yilgi mavsumni “Manchester Yunayted”da o‘tkazadi va kelasi yozda jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" Ispaniyada yozgi transferlar darichasi yopilganidan 28 daqiqa o‘tib, La Ligaga de Xeaning hujjatlarini topshirgan va bu darvozabonni yangi mavsum uchun qaydnomaga kiritishdan kechikkandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish