Sport | 18:40 / 01.09.2015
1613
1 daqiqa o‘qiladi

Yelavich «Vest Xem» bilan shartnoma imzoladi

"Xall Siti" jamoasining xorvatiyalik hujumchisi Nikitsa Yelavich "Vest Xem"ga o‘tdi.

Londonliklar jamoasi saytida e'lon qilinishicha, ushbu 30 yoshli futbolchi bilan "2+2" ko‘rinishida shartnoma imzolangan.

"Men vatandoshim Slaven Bilich bilan Xorvatiya terma jamoasida ham birga ishlaganman. U zo‘r murabbiy va undanda ajoyib inson. U bilan yana birga hamkorlik qilishimdan xursandman", deydi futbolchi.

Ma'lumot uchun, "Xall Siti" ayni vaqtda chempionshipda harakat qilmoqda. Yelavich chempionshipning yangi mavsumidagi 4 turida maydonga tushgan va bitta gol va bitta golli pasga mualliflik qilishga ulgurgandi. O‘tgan mavsumda "Xall" bilan APLda qatnashgan futbolchi 8ta gol urgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish