Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:12 / 01.09.2015
2029
1 daqiqa o‘qiladi
FIFA De Xeaning transferi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganadi
FIFA David De Xeaning «Manchester Yunayted»dan «Real»ga amalga oshmay qolgan transferi yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi.
«TMS tizimining asosiy prinsiplaridan biri — ma'lumotlarning sir saqlanishidir. Shu bois transferga oid ma'lumotlarni oshkor qilish mumkin emas.
FIFA qo‘shimcha ma'lumotlar olish maqsadida «Real» va «Manchester Yunayted» bilan aloqada bo‘lib turibdi. Mazkur masala yuzasidan klublar apellyatsiya beradimi yoki yo‘qmi, bu savol muhokama qilinmoqda», – deya o‘z tvitteri orqali ma'lumot tarqatdi jurnalist Richard Konuey.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish