Sport | 10:47 / 01.09.2015
1468
1 daqiqa o‘qiladi

"Fiorentina" "Borussiya"dan Blashchikovskini sotib oldi

Dortmundning "Borussiya" jamoasining polshalik yarimhimoyachisi Yakub Blashchikovski o‘z faoliyatini Italiyada davom ettiradi. "Fiorentina" jamoasi ushbu 29 yoshli futbolchining transferi haqida rasman e'lon qilgan.

Biroz oldinroq, futbolchining "Betis"ga yo‘l olayotgani haqida xabar qilingandi.

Bu futbolchi o‘tgan mavsumning asosiy qismini jarohat tufayli o‘tkazib yuborgandi va Germaniya chempionatida atigi 13ta o‘yinda qatnashgan.

"Yakub ajoyib futbolchi va ajoyib inson. Unga Yevro-2016 arafasida o‘yin amaliyoti zarur edi va u "Fiorentina"ga yo‘l oldi. Uning kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz. U jamoamiz tarixiga o‘z nomini muhrlab qo‘ya olgan futbolchidir", deydi "Borussiya" jamoasi sport direktori Mixael Tsork.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish