Jahon | 14:31 / 01.09.2015
3724
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik ikki deputat telestudiyada mushtlashdi

Ukraina Oliy Radasi deputati Vladimir Parasyuk telestudiyada “Pyotr Poroshenko bloki” fraksiyasi deputati Maksim Kucheryaviyning yuziga musht tushirdi.

Radikal partiya deputati Igor Mosiychukning so‘zlariga qaraganda, uning o‘zi ushbu to‘polonning guvohi bo‘lgan.

“Bu yerda ayrimlar Vova Parasyukni xalq deputati Kucheryaviyning tumshug‘iga tushirgani uchun qoralamoqda. Kucheryaviy yoningizda aksilterror operatsiyasi qahramonlarini haqorat qilsa, siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? Agar sizni qon orqali piar qilishda ayblashsa”, - deb yozdi Mosiychuk Facebook’dagi sahifasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish