Jahon | 09:30 / 01.09.2015
10887
1 daqiqa o‘qiladi

"IShID" o‘z valyutasini ishlab chiqqanini ma'lum qildi

"IShID" jangarilari videorolik orqali “shaytoniy musulmon banklarini mavh etuvchi” o‘z valyutasini ishlab chiqqanini e'lon qildi.

France24 telekanalining ma'lumot berishicha, videoda jangarilar oltin va kumush tangalarni namoyish etgan.

Tahlilchilarning fikricha, jangarilar pul siyosatini yurgizish orqali bir qator maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yib olishgan: oltin pul standartidan foydalangan holda diniy targ‘ibot olib borish; ushbu pul birligi vositasida dunyo imperializmidan xalos bo‘lish; shifoxonalar, maktablar, sud va pul birligini tashkil etish orqali o‘zlari egallab olgan hududda to‘laqonli davlat barpo etilayotganini isbotlash va hokazo.