Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviyada Eni konserni ofisi yonida portlash yuz berdi
Liviya poytaxti Tripolida joylashgan Italiyaning Eni konserni binosi yonida portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Guvohlarning ta'kidlashicha, portlash Az-Zahro tumanida minalashtirilgan avtomobilni portlatish oqibatida yuz bergan. Hozirda qurbonlar va jarohat olganlar haqida hech qanday ma'lumot berilmagan.
Qayd etilishicha, portlash joyi yaqinida, shuningdek, Saudiya Arabistoni va Jazoir elchixonalari joylashgan. Ayni paytda hech qaysi bir ekstremistik guruh portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.
Bundan avval Eni konserni 2018 yilga qadar Misr gazini eksport qilishni boshlashi ma'lum qilingan edi.