Iqtisodiyot | 16:57 / 01.09.2015
5419
2 daqiqa o‘qiladi

Luganskda rubl asosiy pul birligi sifatida qo‘llanila boshladi

O‘zini "Donetsk xalq respublikasi" va "Lugansk xalq respublikasi" deb e'lon qilgan Ukrainaning ikki viloyati Rossiya milliy valyutasi rubl bilan hisob-kitob qilishni joriy etganidan so‘ng Ukraina tomonidan iqtisodiy qamalga olingan edi.

Mazkur masalada fikr bildirgan Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga rubl har qayerda ishlatilishi mumkin bo‘lgan xalqaro valyuta sifatida o‘zining jozibadorligini yo‘qotmaydi, dedi.

U Donbassning Kiyev tomonidan iqtisodiy qamal qilinishiga rubl asosiy sababchi emasligini ham aytib o‘tdi.

DXR hukumati vakillaridan birining ma'lum qilishicha, Donetsk va Lugansk viloyatlarida 2015 yilning kuz oylarida grivnadan rubl foydasiga butunlay voz kechilishi mumkin.

1 sentabr kuni DXR Xalq kengashi spikeri Andrey Purgin Donbass ukrain grivnasi aylanmasining bir qismini saqlab qoladi, hisob-kitoblarning katta qismini esa rublda amalga oshiradi, deya ma'lum qildi.

Lugansk viloyatida esa rubl 1 sentabrdan asosiy pul birligi sifatida muomalada qo‘llanila boshlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish