Jahon | 01:23 / 01.09.2015
2399
1 daqiqa o‘qiladi

Matviyenko Nyu-Yorkdagi anjumanda videoaloqa orqali ishtirok etadi

Rossiya Federal kengashi raisi Valentina Matviyenko Nyu-Yorkda o‘tadigan Parlamentlararo ittifoq yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etadi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, Matviyenkoning chiqishi belgilangan vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq AQSh Matviyenkoga cheklangan viza bergan edi: spikerga Parlamentlararo ittifoq yig‘ilishida ishtirok etishga imkon berilmadi va Manxetten markazidan 25 milga uzoqlashish taqiqlab qo‘yildi. Bunga javoban Federal kengash delegatsiyasi Nyu-Yorkka borishdan voz kechdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish