O‘zbekiston | 12:29 / 01.09.2015
6829
2 daqiqa o‘qiladi

Mustaqillik arafasida bir qator IIB xodimlariga polkovnik unvoni berildi

Mustaqillik arafasida bir qator IIB xodimlariga polkovnik unvoni berildi. “Postda” gazetasida yozilishicha, ular “tinchlik, osoyishtalikni ta'minlash, jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishda, qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlashda ko‘rsatgan fidokorona xizmatlari hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan” taqdirlangan.

Polkovnik harbiy unvoni quyidagi xodimlarga berildi: IIV aloqa bo‘limi boshlig‘i Sunnattulla Raxmanov, IIV ShTBIXga bevosita bo‘ysunuvchi Serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi (Samarqand shahri) boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sunnat Axmedov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat feldʼegerlik xizmati feldʼegerlik boshqarmasi

boshlig‘i Furqat Adnayev, Navoiy viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, tergov boshqarmasi boshlig‘i Faxriddin Xolov, Sirdaryo viloyat IIB jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Shavkatjon Odilov, Xorazm viloyat IIB boshlig‘ining o‘ribosari, YHXB boshlig‘i Ravshan Yunusmetov.