Iqtisodiyot | 12:25 / 01.09.2015
2732
2 daqiqa o‘qiladi

Neft narxi 3 foizga arzonladi

Seshanba, 1 sentabr kuni so‘nggi uch savdo sessiyasi davomida 25 foizga qimmatlagan xom ashyo bahosi yana pastlash yo‘liga o‘tib oldi, deya xabar berdi Bloomberg agentligi.

Toshkent vaqti bilan 10:00da tuzilgan oktabr oyi shartnomalarida Brent rusumli neftning bir barreli (159,988 litr) bahosi 3 foiz yoki 52,57 dollargacha pasaydi.

Oktyabrda yetkazib beriluvchi WTI toifali xom ashyo narxi ham 3 foizga arzonlab, bir barrel uchun 47,68 dollardan taklif qilindi.

Seshanba kuni AQSh neft zaxiralari to‘g‘risidagi yangi ma'lumotlar e'lon qilinishi lozim. Tahlilchilar esa zaxiralarning ortishi mumkinligini bashorat qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida xom ashyo narxining arzonlashuviga olib keldi.

OPeK boshqa neft qazib oluvchilar, shu jumladan, AQSh va Rossiya bilan xom ashyo qazib olishni qisqartirish haqida bitim imzolashi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng neft bahosining qimmatlashi kuzatilgan edi.

Biroq bozor ishtirokchilari neft qazib olishni qisqartirish borasida juda kam alomatlar borligini aytib o‘tishgan.

So‘nggi uch savdo sessiyalari vaqtida neft narxining 25 foizga ortishi esa o‘tgan asrning 90-yillaridan keyingi rekord daraja hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish