Jahon | 11:21 / 01.09.2015
1964
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston hukumati yo‘llarni rekonstruksiya qilishni boshladi

Qirg‘iziston hukumati butun mamlakat bo‘ylab yo‘llarni ta'mirlash va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirishga kirishdi.
Tashabbus o‘z ichiga “Yo‘llar diqqat markazida” jamoatchilik diqqatini tortish oyligini oladi. U 13 avgust kuni transport va kommunikatsiya vazirligi tomonidan Bishkek shahar hokimiyati bilan hamkorlikda e'lon qilindi.

“Yo‘llarning ahvoli Qirg‘izistonning eng og‘riqli nuqtalaridan biridir”, - dedi transport va kommunikatsiya vaziri Arg‘inbek Malabayev shahar aholisi oldidagi chiqishi chog‘ida.
Ayni kunlarda mamlakatda 34 ming km yo‘llar bor. Hozircha Qozog‘istonga ulanuvchi 539 km uzunlikdagi Bishkek-Norin-To‘rig‘art magistrali ta'mirdan chiqarilmoqda. Ishlar o‘z ichiga 130 km uzunlikdagi uchastkani 4 chiziqli qilib kengaytirishni, ikki qavatli asfal-beton qoplamasini yotqizishni oladi.

Malabayevning ta'kidlashicha, ushbu yo‘l qurilishi 2016 yili yakunlanadi.
Boshqa muhim strategik loyiha sifatida 433 km uzunlikdagi muqobil Shimol-Janub yo‘lining qurilishi baholanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish