Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rada qarshisida jarohat olgan ikkinchi milliy gvardiya askari vafot etdi
Dushanba, 31 avgust kuni Ukraina Radasi qarshisida granata portlashidan jarohatlangan Ukraina Milliy gvardiyasining ikkinchi jangchisi olgan jarohatlari tufayli vafot etdi, deya xabar berdi mamlakat ichki ishlar vaziri Arsen Avakov.
“Kechagi portlashdan jarohat olgan yana bir milliy gvardiyachi Slastikov Dmitriy shifoxonada vafot etdi”, – deb yozdi Avakov 1 sentabr kuni o‘zining feysbukdagi sahifasida.
Bundan avvalroq esa milliy gvardiya jangchisi Igor Debrin hayotdan ko‘z yumgan edi. Mamlakat IIV uning granata parchalaridan emas, o‘q otar quroldan halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Seshanba kuni tongda tarqatilgan ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Kiyev gospital va kasalxonalarida 31 avgust kuni Ukraina Radasi binosidagi tartibsizliklarda jarohat olgan 141 kishi davolanmoqda. “Interfaks” agentligining Ukraina IIV Kiyev bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga asoslanib ma'lumot berishicha, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir.