Jahon | 13:12 / 01.09.2015
2404
1 daqiqa o‘qiladi

Tyumenda uyida 23 kg marixuana yetishtirgan erkak qo‘lga olindi

Rossiyaning Tyumen viloyatida uy sharoitida 23 kg marixuana yetishtirgan 33 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya IIV sayti orqali xabar qilindi.

“Uyga jips hududda issiqxona tashkil etilib, unda nasha yetishtirilgan. Hovlida joylashgan binolardan birida jinoyatchi ushbu o‘simlikning quritilgan novdalarini saqlagan”, - deyiladi xabarnomada.
Uydan 23 kg 650 gr marixuana topildi. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.