Jahon | 11:29 / 01.09.2015
1819
1 daqiqa o‘qiladi

Venesueladagi qamoqxonada chiqqan yong‘inda 8 nafar ayol mahbus halok bo‘ldi

Venesuela shimolidagi Karabobo shtatida joylashgan qamoqxonalardan birida chiqqan yong‘in tufayli 9 erkak va 8 ayol halok bo‘ldi.

France-Presse agentligining xabar berishicha, yana 11 kishi jarohat olgan.

Taxminlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, mamlakat qamoqxonalarida 2014 yilda 309 mahbus halok bo‘lgan. Ularning ayrimlari sud hukmini ham eshitishga ulgurmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish