Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:38 / 01.09.2015
1974
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiyadagi fabrikada erigan alyuminning suv bilan qo‘shilishi natijasida portlash sodir bo‘ldi
Yaponiya janubidagi alyumin fabrikasida bir necha bor portlashlar sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda The Sun Daily nashri.
Yomiuri Shimbun nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Kitakyusyu shahridagi alyumin fabrikasidagi portlash tizimdagi nosozlik tufayli erigan alyumin suv bilan qo‘shilib ketganidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, hodisadan jabr ko‘rganlar haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish