Jamiyat | 16:29 / 02.09.2015
2346
1 daqiqa o‘qiladi

Dang‘arada mushtlashuv chog‘ida ikki kishi pichoqlandi

Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanidagi qishloqlardan birida ulfatlar o‘rtasida kelib chiqqan mushtlashuv qon to‘kilishi bilan yakun topdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, Hikmatilla ismli shaxs aka-uka Hamid va Hoshimlar bilan ulfatchilik qilib kelgan. Bir kuni ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, bu mushtlashuvga olib kelgan.
Aka-ukalarga kuchi yetmagan Hikmatilla “alamini olish” uchun ularga pichoq bilan zarba bergan.

Aka-ukalarning hayoti saqlab qolingan. Hikmatilla esa tergov harakatlariga jalb qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish