Jamiyat | 11:17 / 02.09.2015
3796
1 daqiqa o‘qiladi

Dik Cheyni: "IShID" AQShda 11 sentabrdagiga o‘xshash fojiani takrorlashi mumkin

AQShning sobiq vitse-prezidenti Dik Cheyni CNN telekanaliga intervyu berar ekan, "IShID" tomonidan AQSh hududida terroristik xuruj tayyorlayotgani bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.

“O‘ylaymanki, biz 11 sentabrdagi singari fojiaga yana bir bor duch kelishimiz mumkin va bu safar yanada ko‘proq odamning halokatiga sabab bo‘ladigan qurollardan foydalaniladi”, – deya qayd etdi Cheyni. Uning fikricha, "IShID" jangarilari o‘z hujumlarida kimyoviy yoki biologik quroldan foydalanishi mumkin.

Cheynining ta'kidlashicha, "IShID" ayni paytda AQSh fuqarolarini yollab, o‘z yurtiga qaytganidan so‘ng terakt sodir etish yoki boshqalarni ham ortidan ergashtirishi uchun yetarlicha imkoniyatlarga ega.