Jahon | 12:17 / 02.09.2015
4377
1 daqiqa o‘qiladi

Diplomat: Vashington siyosati dunyoni yadroviy urushga chorlamoqda

Amerikalik sobiq diplomat Uilm Polk Consortium for Independent Journalism mustaqil axborot xizmatida chop etilgan maqolasida Ukraina masalasida Rossiyaning yonini olib chiqdi.
Uning iddao qilishicha, AQShning Ukraina atrofidagi “mashmashalar”dan birdan-bir maqsadi yadroviy qurolga ega Rossiyani yerga urishdir.

“AQShda bugun Jon Kennedi darajasidagi siyosatchi yo‘q, u bunday kayfiyatlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin edi”, - deb yozadi sobiq diplomat.
Polkning nuqtai nazariga ko‘ra, AQShning bunday siyosati butun dunyo miqyosida yadroviy urush kelib chiqishiga turtki bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, bunday urush AQShning foydasiga hal bo‘lmasligi mumkin.

Xulosa o‘rnida u Ukraina tufayli Rossiya bilan qarama-qarshilikni kuchaytirib borayotgan Vashingtonga Moskvada hali-hanuz yadroviy qurol borligini unutmaslikka chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish