Iqtisodiyot | 09:01 / 02.09.2015
3322
1 daqiqa o‘qiladi

Farer orollaridagi kompaniya investorlari 800 foizlik daromad ko‘rishdi

Farer orollarida faoliyat yurituvchi kompaniya mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirishdan bosh tortishi hisobiga investorlariga 800 foizlik daromad keltirdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, Daniya Qirolligi tarkibiga kiruvchi Farer orollari YeIga kirmasdan, sanktsion davlatlar, jumladan, Rossiya bilan savdo munosabatlari orqali ulkan foyda ko‘rmoqda.
Arxipelagning eng yirik baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Bakkafrost kompaniyasining aksiyasi 12 oy ichida 100 foizga ko‘tarildi.

Kompaniya aksiyalari sohiblari oxirgi 2 yil ichida 260 foiz daromad olishdi. 2011 yildan buyon olingan daromad esa 800 foizga ko‘tarildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish