Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:54 / 02.09.2015
1750
1 daqiqa o‘qiladi
Los-Anjyeles shahri 2024 yilgi olimpiada mezbonligi uchun kurashadi
AQSh Milliy olimpiya qo‘mitasi Los-Anjyeles shahrining 2024 yilgi yozgi olimpiada o‘yinlari uchun mezbonlik qilish istagi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Los Angeles Times nashrida yozilgan.
Xabarda aytilishicha, 1 sentabr kuni Los-Anjyeles shahri kengashi bir ovozdan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Shahar olimpiadani o‘zida qabul qilish uchun 5,8 mlrd dollar sarflashga tayyorligi aytilgan.
Ma'lumot uchun, 2024 yilgi yozgi olimpiada mezboni nomi 2017 yilning 15 sentabr kunida Peruda e'lon qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish