Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mubarak Bussufa Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubiga o‘tadigan bo‘ldi
Moskvaning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Mubarak Bussufa faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Belgiyaning Het Nieuwsblad nashri xabar tarqatdi.
Manbaning yozishicha, 31 yoshli marokashlik xavbek Saudiyaning «Al-Ittihod» jamoasi bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib olgan. Yaqin kunlarda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Jiddaga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Lokomotiv» Bussufani sotish bo‘yicha Belgiyaning «Anderlext» klubi bilan muzokaralar olib borgan, biroq yakunda mazkur transfer amalga oshmaydigan bo‘lgandi.