Iqtisodiyot | 15:48 / 02.09.2015
2168
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Olma-Ota halqa yo‘li Xitoyning puliga quriladi

Katta Olma-Ota halqa yo‘li Xitoy ajratadigan mablag‘lari hisobiga quriladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoydagi Dyaoyuytay davlat qarorgohida o‘tkazilgan matbuot anjumanida chog‘ida aytib o‘tdi.

“Ayni paytda global inqiroz davom etmoqda. Jahon banklarida pul yo‘q. Shu bois Xitoydan olmoqdamiz. Hozirgi bosqichda buni manfaatli kelishuv deb hisoblasak bo‘ladi”, - uning so‘zlarini keltiradi Qozog‘iston telegraf agentligi.
“Bir narsani qayd etib o‘tish muhim, - so‘zida davom etdi Qozog‘iston yetakchisi. – Biz qarzga kirayapmiz deb o‘ylamaslik kerak. Ayrim loyihalar to‘laligicha Xitoy mablag‘lari hisobiga amalga oshirilsa, ayrimlari qo‘shma kompaniyalar shaklida realizatsiya qilinadi, ayrimlari uzoq istiqbolli imtiyozli past foizli kreditlar olish hisobiga yopiladi”.

Nazarboyev Xitoy investitsiyalari hisobiga quriladigan infrastruktur obektlar sifatida Olma-Ota-Ustkamenogorsk, Ustkamenogorsk Olma-Ota halqa yo‘ligacha bo‘lgan, Xitoy chegarasidagi, Alako‘l va Alashankou ko‘llarigacha bo‘lgan yo‘llarni sanab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish