Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi xalqaro turnir doirasidagi ikkinchi uchrashuvni o‘tkazdi.
Dastlabki uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklarini 1:0 hisobida mag‘lub etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi, ikkinchi o‘yinda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekistonning yagona golini zaxiradan maydonga tushgan Zabixullo O‘rinboyev kiritdi.
Ushbu xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiya hamda Iordaniya olimpiya terma jamoalari bilan ham o‘yin o‘tkazadi.