Jahon | 08:58 / 02.09.2015
3584
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Chita shahrida Ikkinchi jahon urushi tugallanganining 70 yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi

Rossiyaning Chita shahridagi markaziy maydonda Ikkinchi jahon urushi tugallanganining 70 yilligiga bag‘ishlangan mamlakatdagi yirik parad bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Sharqiy ogrugi harbiy xizmatchilari, boshqa harbiy kuchlar vakillari va IIV Suvorov bilim yurti kursantlaridan iborat 1,7 ming ishtirokchi qatnashdi.

TASS agentligining xabar berishicha, ushbu paradda ilk bor aviatsiya chiqishlari tashkil etildi. Su-30SM qiruvchilari, Su-25 hujum samolyotlari, Mi-24 harbiy vertolyotlari, shuningdek, 50 dona boshqa harbiy va tarixiy texnikalar namoyish qilindi.

Paradni faxriylar, Xitoy va Mo‘g‘uliston davlatlari vakillari, Avstraliya kazaklari delegatsiyasi, Chita aholisi va shahar mehmonlari kuzatishdi.

Eslatib o‘tamiz, 1945 yilning 2 sentabr kuni Tokio bandargohida turgan AQShning “Missuri” kemasida Ikkinchi jahon urushining yakunlanganidan dalolat beruvchi Yaponiyaning so‘zsiz kapitulyatsiyasi to‘g‘risidagi aktga imzo chekilgan edi.