Jamiyat | 14:37 / 02.09.2015
3518
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandlik yigit o‘qishga kirish uchun firibgarga 5 ming dollar berdi

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida istiqomat qiluvchi 23 yoshli Qudrat ismli abituriyent o‘qishga kirish uchun Toshkentga kelib, firibgarlar tuzog‘iga ilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, Qudrat bir shaxs bilan tanishib qolib, uning so‘zlariga ishongan va o‘zi yaxshi tanimagan bu odamga 5 ming dollar berib yuborgan.

Shu bilan firibgar g‘oyib bo‘lib, qo‘ng‘iroqlarga javob bermay qo‘ygan. Qudrat IIBBga murojaat qilishga majbur bo‘lgan. Surishtiruv natijasida mazkur firibgarlik sodir etishda gumon qilinib samarqandlik Ulug‘bek ismli shaxsga qo‘lga olingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.