Jahon | 01:09 / 02.09.2015
4111
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lavrov ukrainalik ekstremistlarni “IShID” bilan qiyosladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kuni-kecha Oliy rada binosi oldida sodir bo‘lgan Kiyevdagi voqealarga izoh berib o‘tdi. Bu haqda “Izvestiya” gazetasi ma'lum qildi. 

Lavrov bilimlar kuni an'anaviy ravishda Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti talabalari va o‘qituvchilari tarkibi oldida nutq so‘zladi.
Vazirning aytishicha, 2012 yilda Ukrainaning “Svoboda” partiyasi o‘zining nizomida millatchilarga sodiqligini ko‘rsatgan edi, bu yevropalik siyosatchilarni tashvishlantirgan.

“Hech kim Yevropa Ittifoqining bunday munosabati bo‘lganini inkor etmaydi. Biroq Fransiya tashqi ishlar vaziri “barchasi joyida”, “Svoboda” siyosiy ko‘pchilik yo‘lida harakatlayotganini aytgan. Mana kecha u “ko‘pchilikni” ko‘rsatdi. Esktremistlar bilan hech qayerda o‘ynashib bo‘lmaydi”, deb aytdi Lavrov.

Lavrov radikal ukrain harakatlarining xatti-harakatlarini “IShID” terrorchilik guruhining paydo bo‘layotganidagi harakatlariga qiyosladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish