Jahon | 09:54 / 02.09.2015
5474
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda "IShID" bayrog‘ini ilgan 14 kishi hibsga olindi

Tojikistonning Xatlon viloyati Nurek shahri hukumati 29 avgust kuni 14 nafar fuqaroni shahar markaziga "IShID" bayrog‘ini ilib ketganlikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar bergan.

Gumondorlarning yoshi 21-37ni tashkil etadi. IIV ma'lumotlariga ko‘ra, ular internet orqali "IShID"ning Yunus ismli tojik a'zosi bilan tanishib, o‘zlarining jangarilarga sadoqatini shahar markaziga qora bayroqni ilish orqali isbotlamoqchi bo‘lishgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, avvalroq, avgust oyida Xatlon viloyatining Shahritus shahrida ham 8 fuqaro "IShID" bayrog‘ini ilganlikda gumon qilinib hibsga olingan edi.