Fan-texnika | 12:25 / 03.09.2015
2940
2 daqiqa o‘qiladi

Acer kompaniyasi modulli kompyuterni namoyish qildi

Acer kompaniyasi modulli bloklardan yig‘iluvchi Revo Build Series kompyuterini namoyish qildi, deb xabar bermoqda The Verge nashri.

Yangi kompyuter 2014 yilda namoyish qilingan Razer kompaniyasining Project Christine kompyuteridan hamma qismlari ham mustaqil bloklarga ajratilmaganligi bilan farq qiladi. Revo Build’da bazaviy modul protsessor emas, balki Windows 10 operatsion tizimi o‘rnatilgan, 8 Gb tezkor xotira, uchta USB-port, HDMI-port va audioraz'yomga ega kichik o‘lchamdagi tayyor kompyuterdan iborat. Protsessorning ikkita varianti mavjud – Intel Celeron yoki Pentium. Blokning o‘lchamlari eni 12,5 sm, uzunligi 12, 5 sm va bo‘yi 5,6 sm ni tashkil qiladi.

Modul arxitekturasidan maqsad kompyuterni takomillashtirishni soddalashtirishdan iborat. Qurilmaning imkoniyatlarini kengaytirish uchun bazaga qo‘shimcha modullarni o‘rnatish yetarli bo‘ladi. Ular bir-birining ustiga konstruktor detallariga o‘xshab qo‘yiladi. Bu modullar asosiy blokdan ko‘ra kechroq sotuvga chiqariladi, aniq sanasi aytilmagan. Modullar orasida 500 Gb li va 1 Tb li tashqi xotira, audiomudol, gadjyetlarni simsiz quvvatlash uchun dok-stansiya va videokartali qo‘shimcha blok bo‘ladi.

Bazaviy Revo Build Yevropada oktabrdan 200 yevro narxdan sotuvga chiqariladi. Qurilma ilk sotuvga chiqariladigan davlatlar orasida Afrika va Yaqin Sharq davlatlari ham bor.

Razer’ning Project Christine kompyuteri mashinani takomillashtirish uchun kengroq imkoniyatlarni ko‘zda tutadi, biroq kompaniya yangi qurilmaning sotuvga chiqarilishi sanasini ma'lum qilmadi.