Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikadagi bodibilding jurnali Putinning jismoniy mashg‘ulotlarini tanqid qilib, Medvedevni maqtadi
Amerikada chop etiluvchi bodibildingga bag‘ishlangan Muscle & Fitness jurnali Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jismoniy mashg‘ulot o‘tkazish ko‘nikmalarini tanqid qildi. Jurnal Putinning trenajyorlarda bajargan mashqlarini “bo‘lmag‘ur” deb atadi, deya yozmoqda The Times.
Jurnal bosh muharriri o‘rinbosari Mett Tatxill Rossiya prezidentining mashg‘ulotini baholar ekan, uning harakatlarini juda tez va keskin, dedi.
Shu bilan bir qatorda, Tatxill Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mashqlarni “qoidaga binoan” bajarganini qayd etib o‘tdi.
Amerikalik ekspert Rossiya yetakchilarining jismoniy tayyogarligini “Rossiya 24” telekanali efirga uzatgan Putin va Medvedevning Sochidagi “Bocharov ruchey” rezidensiyasida xordiq olayotgani haqidagi reportaj asosida baholashgan.
Dasturda davlat yetakchisi va hukumat rahbarining sport zalidagi mashg‘ulotlari namoyish etilgan edi.