Jahon | 12:18 / 03.09.2015
5218
2 daqiqa o‘qiladi

Angolada islom dini man qilinib, masjidlar yopildi

Angola hukumati ikki yillik muhokamadan so‘ng islomga e'tiqod qilishni butunlay taqiqlab qo‘yishdi.
“Bu mamlakatimizga islom ta'siriga chek qo‘yadi”, - dedi mamlakat prezidenti Joze Eduardu dush Santush Conservative Post nashriga bergan intervyusida.

Madaniyat vaziri Roza Krus e Silvaning aytishicha, islomni rasmiylashtirish jarayoni adliya vazirligi tomonidan ma'qullanmadi, shu bois masjidlar keyingi murojaatga qadar yopib qo‘yiladi.
Silvaning ta'kidlashicha, bunday taqiq zarur edi, negaki islom “Angola odatlari va madaniyatiga zid keladi”.
Angolaning 16 mln aholisi orasida faqat 90 ming kishi islom diniga e'tiqod qiladi. Ulardan aksariyati G‘arbiy Afrika muhojirlari va livanlik qochqinlar oilalaridir. Aholining asosiy qismi xristian diniga e'tiqod qiladi.

Angola konstitutsiyasi diniy erkinlikni kafolatlasa-da, diniy jamoalar o‘z maqomini adliya vazirligidan rasmiylashtirishi talab etiladi. Ammo tarafdorlari 100 ming kishidan oshmaydigan dinlarga rasmiy maqom berilmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish