Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh banklarining 2-chorakdagi daromadi 7,3 foizga o‘sdi
AQSh banklarining umumiy sof foydasi joriy yilning 2-choragida 7,3 foizga oshdi, deb xabar bermoqda AQSh Depozitlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasiga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi.
Sug‘urtalash tizimida ishtirok etuvchi 6348ta xususiy bankning umumiy sof foydasi hisobot davrida 43 mlrd dollarga baholanmoqda va bu ko‘rsatkich 2014 yildagi shu davrga nisbatan 2,9 mlrd dollar ko‘proqni tashkil qilmoqda. 58,7 foiz moliyaviy isntitutlar 2-chorakda foyda olgan. Zararga ishlaydigan banklar ulushi 2005 yildagi mimimum darajagacha pasayib, 5,6 foizni tashkil qildi.
2-chorakda AQSh bank tizimining operatsion tushumi 172,9 mlrd dollarni tashkil qilib, 2,1 foizga (3,6 mlrd dollar) ko‘paydi. Sof foiz foydasi 2,3 foizga o‘sdi.