Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford Rossiyadagi birinchi dvigatel ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushiradi
AQShning Ford avtokorporatsiyasi Rossiyada dvigatel ishlab chiqaruvchi birinchi zavodni ochadi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Zavod 3 sentabr kuni Tataristondagi “Olabug‘a” iqtisodiy zonasida ishga tushiriladi.
“Yangi ishlab chiqarish Rossiyadagi xorijiy avtomobil brendining bu yo‘nalishdagi dastlabki loyihasi bo‘ladi. Rossiyada boshqa xorijiy zavodlar bunday zavodlarga hozircha ega emas”, - ma'lum qildi Ford Sollers idorasi.
Zavodga 275 mln dollar miqdoridagi investitsiya kiritildi. U yerda 1.6 l li Ti-VCT Sigma motorlari 85, 105 va 125 ot kuchiga ega variantlarda ishlab chiqariladi. Bu motorlar Ford Fiesta, Ford Fusion va Ford Focus modellarida qo‘llanadi.