Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
GM Uzbekistan va ishlab chiqaruvchilar ta'tildan so‘ng o‘z faoliyatini boshladi
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi va avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar 1 avgustda profilaktik ta'til olganidan so‘ng o‘z faoliyatini qayta boshladi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar berdi.
“Bayramdan so‘ng barcha korxonalar ish faoliyatini boshladi, ishlab chiqarish va konveyer liniyalari to‘liq ish tartibiga keyingi haftadan o‘tadi”, – deya oydinlik kiritdi axborot manbasi.
Muqaddam ishlab chiqarishning to‘xtatilishi reja asosida amalga oshirilgan bo‘lib, Asakadagi atomobil zavodida olib boriluvchi profilaktika choralari bunga sabab ekani xabar qilingan edi.
Jumladan, GM Uzbekistan T250 (Chevrolet Aveo) platformasida avtomobil yig‘ish bo‘yicha yangi texnologiyalarni o‘rnatish ishlari boshlangani munosabati bilan profilaktika ishlarini olib bordi. Yangi avtomobil rusumi 2016 yilda ishlab chiqarila boshlanadi.