Texnologiya | 09:09 / 03.09.2015
2649
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki yildan so‘ng Tesla’ning arzon modeli sotuvga chiqariladi

Tesla Motors kompaniyasi direktori Ilon Mask bir yildan so‘ng Tesla 3 modelining sotuvga chiqarilishini ma'lum qildi.
Mask Twitter’dagi sahifasida bu Nevadadagi Gigafactory zavodini to‘la quvvatga olib chiqish zaruriyati bilan bog‘liqligini ta'kidladi.

Ushbu zavod elektromobillar uchun litiy-ion batareyalari ishlab chiqaradi.
Sedanning taxminiy narxi 35 ming dollarni tashkil qiladi, bu amaldagi Model S’dan ikki barobarga arzonroqdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish