Jahon | 19:05 / 03.09.2015
2839
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Ukrainadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli quyuq tutun ichida qoldi

Kiyev viloyatida ro‘y berayotgan o‘rmon yong‘inlari sababli Ukraina poytaxtining ayrim tumanlari quyuq tutun ichida qoldi.

Ayni paytda Darnitskiy o‘rmon xo‘jaligining 15 gektarcha qismi o‘t ichida qolgan, mutaxassislar olov yo‘lini to‘sish ustida ish olib bormoqda.

Kiyev hukumati Ukraina poytaxtiga katta yuk avtomobillarining kirishini vaqtincha to‘sib qo‘ydi va fuqarolarni avtomobillar harakatini kamaytirishga chaqirdi. Havoning ifloslanishi darajasi 5-8 martaga oshgani sababli maktab va bog‘chalar yopilib, mashg‘ulotlar 7 sentabrga qadar bekor qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish