Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lindt Rossiya va Braziliyada biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda
Shveytsariyaning Lindt & Spruengli kompaniyasi AQShning shokolad ishlab chiqaruvchi Russell Stover Candies kompaniyasini sotib olgandan keyin Rossiya va Braziliyada biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Bloomberg agentligi.
Lindt’ning fikricha, bu bozorlarda Rossiya va Braziliya milliy valyutalarining kursi pasaygani bois aktivlarni sotib olish uchun qulay muhit yuzaga kelgan. Kutilayotgan kelishuvlar hajmi 2014 yilda Russell Stover xarid qilingan miqdordan taxminan 1,6 mlrd dollarga kamroq bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda Lindt Shimoliy Amerika bozorida shokolad ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar reytingida Nestle’ni ortda qoldirib, Hershey va Mars’dan keyin 3-o‘rinni egallamoqda.