Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Putinga neft narxini barqarorlashtirish bo‘yicha takliflar bildirdi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin neft bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar berdi.
“Biz neft bozorini va neft narxini barqarorlashtirish uchun choralar ko‘rish borasida muhokamalar olib borish holatidamiz, – dedi Maduro Putin bilan Xitoy poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida. – Bizning mazkur masalada unchalik yomon bo‘lmagan taklif va g‘oyalarimiz bor”.
O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Nikolas Maduroga mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash bo‘yicha muzokaralar olib borish taklifini bildirdi. “Ikki tomonlama munosabatlar haqida suhbat olib borishdan mamnunman. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada qisqardi, bu yil esa qariyb 25 foizga oshdi”, – dedi Putin.
Ma'lumot uchun, 3 sentabr kungi savdolar chog‘ida Brent rusumli neftning bir barreli (158,988 litr) 50,28 dollarga baholandi.