Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovada hakam umrbod diskvalifikatsiya qilindi
Moldava chempionatning 6-turidan o‘rin olgan "Sherif" va "Zimbru" jamoalari o‘rtasidagi markaziy bahsni boshqarib borgan hakam Sergey Derenov qo‘pol xatolari uchun umrbod hakamlikdan chetlatildi. Bu haqda Moldova futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Sherif" va "Zimbru" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 29 avgust kuni bo‘lib o‘tgan va bahs "Sherif"ning g‘alabasi bilan tugagan — 2:1. Birinchi bo‘lim so‘ngida hakam "Zimbru" o‘yinchisini maydondan chetlatib, 60-daqiqada "Sherif" darvozasiga penalti belgilagan.
2 sentabr kuni Moldova futbol federatsiyasi hakamlar qo‘mitasi "o‘yindagi qo‘pol va ko‘plab xatolar" tufayli Derenovni umrbod hakamlikdan chetlatdi. Shuningdek, Moldova futbol federatsiyasi Derenovni FIFA hakamlari ro‘yxatidan chiqarib tashlashga tavsiya qildi.