Texnologiya | 10:36 / 03.09.2015
2522
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva metropolitenida shovqinni kamaytiruvchi relslar o‘rnatiladi

Moskva metropoliteni yaqin besh yil ichida poyezdlar harakatini yengillashtiradigan va shovqin darajasini kamaytiradigan yangi relslar xarid qilish va o‘rnatishga 2.9 mlrd rubl sarflaydi. Bu haqda tashkilot rahbari Dmitriy Pegov ma'lumot berdi.

Bu boradagi shartnoma metropoliten va “YeVRAZ” kompaniyasi o‘rtasida imzolandi.
“Bu shartnoma besh yilga imzolandi, “YeVRAZ” shu davr ichida bizga ming km dan ortiq relslar yetkazib berishi kerak. Moskva metropoliteni va hokimiyati metropoliten infrastrukturasini talabga javob beradigan darajada saqlashga jiddiy e'tibor qaratadi. Biz har yili o‘rtacha 70-90 km relslarni almashtiramiz”, - Pegovning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.

Ta'kidlanishicha, har bir relsning uzunligi 100 m ni tashkil qiladi.
“Bu nafaqat bizda, balki butun jahonda ham o‘ziga xos yangilik bo‘ladi. Bunday uzunlikdagi relslar hali metropolitenda ishlatilmagan”, - dedi Pegov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish