O‘zbekiston | 11:45 / 03.09.2015
2744
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda yo‘lto‘sarlar jabrlanuvchining qariyb 750 ming so‘m pulini o‘marib ketishdi

Namanganda 36 yoshli Abdurashid ismli fuqarodan 740 ming so‘m o‘g‘irlagan ikki nafar yo‘lto‘sar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aytilishicha, Boqi va Akrom ismli yigitlar hech qayerda ishlamay, yo‘lto‘sarlik bilan shug‘ullanib kelgan. Bir kuni ular Abdurashidni uchratib qolib, uni to‘xtatishgan va chekka joyga olib borib, do‘pposlashgan va yoniga pullarni olib ketishgan. Jabrlanuvchi tomonidan topshirilgan murojaatnoma asosida ish ko‘rib chiqilib, jinoyatchilar tezda qo‘lga olingan.