Jahon | 14:15 / 03.09.2015
2581
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev: Osiyo taqdirini Osiyoning o‘zi hal etishi kerak

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoy kommunistik partiyasi Markaziy kengashi qoshidagi Partiya maktabi tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar tarkibi qoshida so‘zga chiqib, Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch bo‘yicha kengash tashkilotining kelgusidagi taraqqiyoti haqida fikr yuritdi.

Prezident fikricha, mazkur muassasa tashabbusi ko‘pchilik tomonidan qizg‘in ma'qullandi.

“Sizga ma'lumki, mazkur g‘oya ilk marotaba 1992 yildagi BMTning 47-assambleyasida tilga olingan edi. Mazkur g‘oyaning hayotiyligi va dolzarbligini davrning o‘zi ko‘rsatdi. Osiyoda xavfsizlikning yangi qiyofasini barpo etish borasidagi vazifalar Osiyoda hamkorlik va o‘zaro ishonch bo‘yicha kengash maqsad va muddaolariga mos keladi”, – dedi Qozog‘iston rahbari.

“Bugun Pekin raislik qiluvchi mamlakat sifatida bu borada faol ish olib bormoqda. Kelgusi boisqichda Kengash taraqqiy etib, Osiyo mintaqaviy xavfsizlik tashkiloti amaliy va samarali bo‘lishi lozim. Aminmanki, Osiyo taqdirini Osiyoda, qit'a mamlakatlari va xalqlarining o‘zi tomonidan belgilanishi kerak”, – deya ta'kidladi Nazarboyev.